Qirg‘izistonga O‘zbekistondan noqonuniy guruch olib borildi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston Respublikasida O‘zbekistondan kontrabanda yo‘llar orqali olib borilgan taxminan 6–7 tonna guruch partiyasi ushlab qolindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Aniqlanishicha, uzoq vaqt davomida Qadamjoy tumanida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh faoliyat yuritib kelgan. Ular bojxona, soliq va chegara qonunchiligini buzgan holda, “Farg‘ona – Chon-Qora – Qadamjoy” yo‘nalishi bo‘ylab turli iste’mol mollari kontrabandasini amalga oshirgan.

Qo‘shni davlat fuqarolari O‘zbekiston hududida guruchni katta hajmlarda xarid qilgan. So‘ngra oldindan ishlab chiqilgan jinoiy sxema bo‘yicha ushbu guruch partiyasi Qadamjoy tumanining tranzit hududi orqali Cho‘n-Qora (O‘zbekiston) anklaviga yetkazilgan.

Keyinchalik esa mazkur tovar anklav hududidan noqonuniy tarzda chiqarilib, Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli bo‘lgan Ak-Turpak qishloq okrugida tushirib qoldirilgan. Shundan so‘ng, guruch Qirg‘iziston hududida sotilgan.

Hozirda kontrabandaga aloqador Qirg‘iziston fuqarosi M.N.A. tergov ostida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bishkekdagi savdo markazlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilgan shaxsni qo‘lga olgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda O'zbekiston Qirg'iziston guruch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing