Qirg‘izistonda konchilarni tuproq bosib qoldi
Olam
−
24 noyabr 4538 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Sulukta shahrida joylashgan Adaxan konida to‘rt nafar konchini yer bosib qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Keltirilishicha, holat kecha, 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Kon qulashi oqibatida yer ostida, taxminan 110 metr chuqurlikda to‘rt nafar konchi qolib ketgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgach, xodimlar avval maxsus trubka orqali konchilarga kislorod yetkazib bergan. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar vayronalarni asta-sekin tozalab, yer ostida qolgan ishchilarga yetib borgan.
Tog‘-kon favqulodda qutqaruv xizmati qutqaruvchilari konchilarni soat 23:05 da tirik holda yer yuzasiga chiqargan. Qutqaruv amaliyotida hech kimning hayoti xavf ostiga qo‘yilmagani qayd etilgan.
Hozirda voqea yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Komila Qobilova
Live
Barchasi