Qirg‘izistonda qizini ikki yil davomida zo‘rlab kelgan otaga hukm o‘qildi
Olam
−
23 Sentabr 2025 13295 2 daqiqa
Qirg‘izistonda erkak o‘gay qizini 12 yoshida zo‘rlay boshlagan va bu harakatini ikki yil davomida amalga oshirgan. Sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.
2025 yilning aprel oyida Ombudsman idorasi ushbu voqeaga to‘xtalib, huquq-tartibot idoralarini zo‘rlangan 15 yoshli qizning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishga chaqirgan. Qizning og‘ir hayotiy ahvoli haqida ma’lumot olgan paytdan boshlab institut xodimlari vaziyatni nazorat qilib, uning huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishga kirishgan.
Issiqota tuman Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya bo‘limining oila va bolalarni himoya qilish bo‘limiga ko‘ra, o‘smir Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida yashovchi 43 yoshli o‘gay otasi tomonidan zo‘rlangan. Qiz otasi uni 12 yoshida zo‘rlab, ikki yildan ortiq zo‘ravonlikni davom ettirganini ma’lum qilgan.
O‘smir buni so‘roq paytida tasdiqlagan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, onasi ham bundan xabardor bo‘lgan, lekin hech qanday chora ko‘rmagan, aksincha, qizini ayblab, tanbeh bergan. O‘smirning ma’lum qilishicha, 2024 yilning kuzida onasi ishlash uchun chet elga ketgan va uch qizini (oxirgi turmushidan ikkitasi eng kichigi) eriga tashlab ketgan. Biroz vaqt o‘tgach, onasi qizlarini Chuy viloyatining Issiqota tumanida yashovchi onasinikiga yuborgan. Qiz opalari bilan vaqtincha Issiqota tumanida yashab, o‘qigan.
2025 yil aprel oyida ayol qizlarni otasiga qaytarishga qaror qilgan. Ammo ularning kattasi Suzoqga borishdan bosh tortgan va o‘gay otasi tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlik sodir etilgani haqida aytib bergan. 16 aprel kuni qiz Issiqota tuman IIBga olib borilgan va u yerda so‘roq qilingan hamda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Keyin qizning o‘zi vaqtincha bolalar markaziga joylashtirilgan. Onasi mamlakatda yo‘q bo‘lgan vaqtda ijtimoiy soha xodimlari uni o‘z qaramog‘iga olgan.
Holat yuzasidan bugun, 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda otaga umrbod qamoq jazosi berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati tumanlaridan birida erkak o‘z qiziga zo‘ravonlik qilgani aniqlangandi. Unga 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.
Live
Barchasi