Blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov iqtisodiyotning bir qator sohalari uchun yengilliklarni nazarda tutuvchi Soliq tizimi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatda Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritish taklif etilgan.

Farmonga ko‘ra, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari va sun’iy intellektni ishlab chiqish sohasidagi kompaniyalar va tadbirkorlarni besh yil muddatga soliq to‘lashdan ozod qilish taklif qilinmoqda.

Imtiyozlarni blogerlar, startaplar, autsorsing kompaniyalari, kino, video va telemahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa ijodiy sohalar vakillari olishlari mumkin.

Ular uchun daromad solig‘ini 5 foiz va sug‘urta badallarining imtiyozli stavkasini o‘rtacha ish haqining 12 foizi darajasida belgilash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, farmonda umumiy ovqatlanish sohasidagi biznes uchun o‘zgartirishlar nazarda tutilgan. Bishkek va O‘shdagi kafe va restoranlar uchun to‘lov shaklidan qat’i nazar, yagona soliq stavkasini 5 foiz, mamlakatning qolgan hududlari uchun esa 3 foiz etib belgilash taklif etilmoqda. Xuddi shunday 5 foizlik stavkani sauna va hammomlar uchun ham joriy etish taklif etilmoqda.

Ayrim yengilliklar uy-joylarni birlamchi sotish bilan shug‘ullanuvchi qurilish kompaniyalariga tegishli bo‘ladi. Ular uchun yagona soliq stavkasini 4 foiz etib belgilash taklif etilmoqda.

Hujjat Qirg‘iziston-Tojikiston mojarosidan keyin Botken viloyati aholisi uchun uy-joy qurgan kompaniyalarning soliq qarzini hisobdan chiqarishni va bir qator hollarda 2026 yil uchun ko‘chmas mulk solig‘i bo‘yicha penya hisoblashdan ozod qilishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, oltin va kumushning jahon narxlarini hisobga olgan holda, tovarlarni chegaradan noqonuniy olib kirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda oltin qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun soliq yukini oshirish taklif etilmoqda.

Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing