Qirg‘izistonda Prezidentga bo‘ysunuvchi Tergov qo‘mitasi tashkil etiladi

Olam

image

Qirg‘izistonda tez orada Tergov qo‘mitasi tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” davlat axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Barcha tergov ishlari unga (Tergov qo‘mitasiga - tahr.) o‘tkaziladi”, degan u.

Bosh prokuratura, shuningdek, Harbiy prokuratura mamlakatda qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilishni davom ettiradi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, yangi tuzilma davlat rahbariga bevosita bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. Uning fikricha, Qirg‘izistonda Tergov qo‘mitasining tashkil etilishi mamlakatda inson huquqlarini yanada samarali himoya qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov amaldorlarga xorijda hisob raqam ochishni taqiqlovchi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Qirg'iziston Tergov qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing