Qirg‘iziston Eronga gumanitar yordam yubordi
Olam
−
09:40 838 1 daqiqa
Kecha, 2 aprel kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga binoan Eron xalqiga 129 tonna gumanitar yordam yuborildi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yordamning 66 tonnasi oziq-ovqat mahsulotlari, 63 tonnasi esa dori-darmonlardan iborat. Gumanitar yordam tarkibiga un, go‘sht konservalari, o‘simlik yog‘i hamda zarur dori vositalari kiritilgan.
Tayyorlangan yordam, Qirg‘iziston FVVning 7 ta og‘ir yuk mashinasiga yuklangan va Eronga jo‘natish uchun hozirlangan. Ushbu yordam jabrlangan tinch aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Gumanitar yukni Eron tomoniga topshirish Qirg‘izistonning Erondagi elchisi Oqilbek Qilichev ishtirokida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati Eron xalqiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlardan iborat yuk insonparvarlik yordami yuborgandi. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev topshirig‘i bilan Eronga qariyib 25 tonnalik gumanitar yordam yuborilgan. Shuningdek, Turkmaniston hukumati ham Eron xalqiga insonparvarlik yordami yuborgan.
Live
Barchasi