“Qayrat” Chempionlar ligasidan chiqib ketdi
Sport
−
09:58 478 1 daqiqa
Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichining ikkinchi o‘yinida Bolgariyaning “Levski” jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, qozog‘istonliklar 2026-2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasi bosqichida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Kecha, 11 avgust kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan bahsda Reynaldo 13-daqiqadagi goli evaziga mehmonlarni g‘alabasini ta’minladi.
Uchrashuv Turkistonda bo‘lib o‘tdi. “Qayrat” uy o‘yinlarini Olmaotadagi Markaziy stadionda o‘tkazadi, ammo Kane Uestning konserti tufayli arena bu vaqtda band bo‘lgan.
Bolgariya jamoasi birinchi o‘yinda ham 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, “Levski” keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uning so‘nggi saralash bosqichidagi raqibi Marko Nikolich boshchiligidagi Gretsiyaning AEK Afina jamoasi bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda “Qayrat” ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqqandi. Qozog‘iston jamoasi o‘tgan mavsumda turnirning asosiy bosqichida bir ochko to‘plab, umumiy hisobda 36-o‘rinni egallagan. Endilikda “Qayrat” Yevropa ligasi saralash bosqichida o‘z ishtirokini davom ettiradi.
Live
Barchasi