Qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
401517-18 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan shahrimizda madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“17 noyabr kuni vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan ayrim ko‘chalardagi jamoat transporti harakatida ham ma’lum muddatga o‘zgarishlar kiritildi.
Xususan, 1, 2, 5, 10, 11, 13, 14, 16, 18, 19, 21, 28, 30, 32, 33, 37, 38, 42, 44, 47, 51, 56, 57, 58, 60, 67, 68, 71, 72, 76, 78, 80, 81, 91, 93, 95, 96, 98, 100, 106, 110, 111, 118, 119, 126, 129, 140, 141, 144, 148, 150, 151, 152, 155-avtobus yo‘nalishlarida vaqtincha o‘zgarishlar kuzatiladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilishi munosabati bilan Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 2019 yilning 15 noyabridan 22 noyabr kuniga qadar vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edi.