Qashqadaryodagi shifoxonada portlash yuz berdi
Jamiyat
−
26 dekabr 2022
110652022 yil 24 dekabr taxminan soat 07:00 larda Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu to‘g‘risidagi ma’lumot Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Portlash oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi