Qashqadaryoda o‘quvchi ayovsiz kaltaklandimi? Rasmiy izoh berildi
3-sahifa
−
11 fevral 2023 9317 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘dagi maktab o‘quvchisini o‘qituvchisi ayovsiz kaltaklagani haqidagi xabarlar va jabrlanuvchining rasmi tarqaldi. Suratda burni qonagan yigit aks ettirilgandi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, voqea tumandagi 71 maktabda sodir bo‘lgan. O‘quvchi hech qanday o‘qituvchi tomonidan kaltaklanmagani va uning tobi qochgani tufayli burni qonagani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu holatdan boshqalar noto‘g‘ri foydalangan.
“Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchini o‘qituvchi urgani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on va asossiz. Ushbu holat bo‘yicha o‘quvchi va uning onasi, sinf rahbari, maktab direktori bilan xalq ta’limi boshqarmasi ishtirokida suhbatlashildi va tegishli tartibda o‘rganish ishlari amalga oshirildi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Shuningdek, tarqalgan xabarlarga o‘quvchining o‘zi ham izoh bergan.
“Burnim tez-tez qonab turadi. Bu degani meni o‘qituvchi urdi deganimasku? Rasmimdan noto‘g‘ri foydalanishgan. Men ustozlarimni doim hurmat qilaman”, deydi o‘quvchi.
Live
Barchasi