Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
23 dekabr 2022 9706 1 daqiqa
Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.M. birlashma katta hamshirasi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan. M.M. pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda bank yuristi 1950 AQSH dollari miqdorida pora bilan ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28