Qancha o‘zbekistonlik o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlagani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 yanvar 5934 2 daqiqa
2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 450 mingga yaqin fuqaro firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida “Kreditga taqiq” xizmatini yoqqan. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirga qadar mazkur xizmatga jami 438 ming 322 nafar fuqaro ulangan bo‘lib, ularning katta qismini erkaklar tashkil etadi. Xizmatdan foydalanayotgan erkaklar soni 292 ming 722 nafar, ayollar esa 145 ming 600 nafarni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmat orqali shaxslar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini vaqtincha yoki doimiy ravishda cheklash, yoki aksincha taqiqni olib tashlash imkoniga ega. Ushbu xizmatdan foydalanishda fuqarolardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi va xizmat bepul.
Foydalanuvchilar “Kreditga taqiq” xizmatidan onlayn va oflayn shaklda mustaqil ravishda foydalanib, uni yoqish yoki o‘chirish imkoniyatiga ega:
KATM mobil ilovasi orqali – “Ommabop xizmatlar” bo‘limidan “Kreditga taqiq” xizmati.
Kredit byurosining veb-saytida shaxsiy kabinet bo‘limidan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va uning mobil ilovasi orqali “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash” sahifasidan foydalanish mumkin.
Mamlakat hududida joylashgan barcha Davlat xizmatlari markazlari orqali ham faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nafaqa pullaridan kredit qarzdorligini undirish taqiqlanishi xabar berilgan edi.
Live
Barchasi