Qamoqda 43 yil nohaq o‘tirgan erkak ozodlikka chiqqan zahoti hibsga olindi

Olam

image

AQSHda 64 yoshli erkak adolatsiz tarzda 43 yil qamoqda o‘tirganidan so‘ng ozodlikka chiqqach, darhol yana hibsga olindi. Bu haqda LADbible xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 64 yoshli Subramanyam Vedam bundan 43 yil avval o‘zining sobiq xonadoshi, 19 yoshli Tom Kinserni o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan. Talabaning otib o‘ldirilgan jasadi yo‘qolganidan to‘qqiz oy o‘tib topilgan, Vedam esa asosiy gumondor sifatida hibsga olingan. Oqibatda u shartsiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Oradan o‘nlab yillar o‘tib uning aybsizligi isbotlangan va joriy oy boshida oqlanib, ozod etilgan. Ammo erkak hatto oilasi bilan uchrashishga ham ulgurmay, AQSH Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) agentlari tomonidan qayta hibsga olingan.

Endilikda Vedam Hindistonga – u atigi to‘qqiz oylik chog‘ida kelgan vataniga deportatsiya qilinishi mumkin. ICE vakilining bayonotiga ko‘ra, Vedam “agentlik uning deportatsiyasini tashkil etmaguncha hibsda saqlanadi”.

Erkakning qarindoshlari esa “u bilan quchoqlashishga ham ulgurmaganidan chuqur afsusda ekanliklarini” bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Sidzuka prefekturasi okrug sudi 47 yildan ortiq nohaq qamoqda o‘tirgan va keyinchalik oqlangan 89 yoshli Ivao Hakamataga taxminan 217 million iyena (taxminan 1,44 million dollar) tovon to‘lashga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qamoq umrbod qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing