Italiyada Rossiya foydasiga josuslik qilganlar hibsga olindi
Olam
−
07 iyul 1774 1 daqiqa
Bugun, 7 iyul kuni Italiya huquq-tartibot idoralari maxfiy ma’lumotlarni Rossiya agentiga yetkazganlikda gumon qilinayotgan ikki kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, asosiy gumonlanuvchi 59 yoshli sobiq harbiy politsiya xodimi bo‘lib, avval Italiya razvedka tizimida faoliyat yuritgan. U davlat sirlarini oshkor qilish, himoyalangan ma’lumotlarni noqonuniy uzatish hamda axborot-kommunikatsiya tizimlariga ruxsatsiz kirishda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Italiya Qurolli kuchlarining to‘rt nafar harbiy xizmatchisidan olingan maxfiy ma’lumotlarni pul evaziga Rossiya agentiga yetkazib bergan. Ayblovlarda tilga olingan rossiyalik shaxs Italiyada diplomatik daxlsizlikka ega ekani sababli hibsga olinmagan.
Qayd etilishicha, mazkur ish bo‘yicha tergov 2025 yil may oyida boshlangan. Hozirga qadar yana besh kishi tergov doirasida tekshirilmoqda.
Voqeaga munosabat bildirgan Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krosetto ushbu tergov Rossiyaning Italiyaga nisbatan olib borayotgan faoliyatini fosh etganini ta’kidladi.
“Bu gibrid urush ulkan aysbergning faqat ko‘zga ko‘rinib turgan qismidir. Uning ortida pul, hokimiyat yoki shaxsiy manfaat evaziga o‘z Vataniga xiyonat qilishga tayyor ichki xoinlar va tashqi dushmanlar turibdi”, deb yozdi Krosetto X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha xavfsizlik xizmati Belarus razvedkasi foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan ikki shaxsni qo‘lga olgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust