Italiyada 3 qilichboz o‘zbekistonlik sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Sport

image

Italiyalik uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur voqea o‘tgan yilning avgust oyida sodir bo‘lgan. Biroq Siyena politsiyasi ish bo‘yicha tergovni boshlaganidan keyingina u haqdagi ba’zi ma’lumotlar ommaga ochiqlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Toskana viloyatidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida uch italiyalik o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagan. Ayblanuvchilarning ikki nafari hozirda tergov qilinmoqda, uchinchisi esa voyaga yetmagan bola ekani aniqlangan.

Ayblovlarning jiddiyligiga qaramay, Siyena prokuraturasi darhol tergovni boshlamagan. Bu esa yirik xalqaro janjalga sabab bo‘ldi. Ish avj ola boshlagach, Italiya qilichbozlik federatsiyasi tergov bilan hamkorlik qilishini va ish sudgacha borgan taqdirda, fuqaroviy da’vogar sifatida chiqishga tayyorligini e’lon qildi.

Jabrlangan qilichboz qizning yuridik vakili ayblanayotgan sportchilarga nisbatan chora ko‘rilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini va uchalasiga ham hech qanday sanksiya yoki musobaqa faoliyatidan chetlatilmaganini ta’kidlagan.

Gumonlanuvchilar va qizning ismi oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Italiya qilichboz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing