Istanbulda Turkiya tarixidagi eng yirik maxfiy qurol ombori topildi (video)
Olam
−
25 aprel 17292 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahridagi Pendik tumanida yer ostidagi suv rezervuarida qurol ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlari yashiringan ombor topildi. Bu haqda “Hürriyet” xabar qildi.
Qayd etilishicha, yashirin ombor joylashuvi Istanbul politsiyasi tomonidan jinoyatchilarni dron yordamida kuzatish orqali aniqlangan.
O‘tkazilgan tintuvlarda to‘pponcha ishlab chiqarishda ishlatiladigan 3 092 ta detal, 1 869 ta zatvor (qurol ichida o‘qni joylash, otish va chiqarish jarayonini boshqaradigan mexanizm) hamda ko‘plab qurol qismlari topilgan. Operatsiya davomida 4 nafar gumondor qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Bildirilishicha, bu ombor Turkiyada shu kabi operatsiyalar doirasida bir martada aniqlangan eng yirik topilma hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya hukumati mamlakatda fuqarolarining o‘qotar qurolga egaligini cheklovchi qo‘shimcha huquqiy choralarni qabul qilishi va qurol egalari uchun jazolarni kuchaytirishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi