Istanbulda miting. Odamlar hokimning qamalishiga qarshi

Olam

image

Ko‘p millionlik Istanbulning aholisi vakillari kecha, 15 dekabr kuni shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘liga nisbatan chiqarilgan sud qaroridan noroziliklarini bildirish va hokimni qo‘llab-quvvatlash uchun Sarachxona tumani miting o‘tkazdi. 

Gap shundaki, Istanbul sudi joriy yilning 14 dekabr kuni shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li ishi bo‘yicha hukm chiqardi va uni Markaziy saylov komissiyasi vakillarini haqorat qilgani uchun ikki yilu yetti oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Mitingda xavfsizlikni Turkiya xavfsizlik kuchlarining yuzlab xodimlari ta’minlagan. Hududga yaqinlashish uchun namoyishchilar to‘liq skrining bilan kamida uchta tekshiruvdan o‘tkazilgani aytilmoqda. Shu bilan birga, kirishda olomon ikki oqimga – ayollar va erkaklar guruhlariga bo‘linishi sababli katta navbatlar kuzatilgan. 

“16 million istanbullikning irodasiga sudya zarba berdi. Milliy irodani qayta tiklaymiz. Bugun biz yashayotgan Turkiyada adolat asosiy muammoga aylandi. Chunki ko‘chada istalgan fuqarodan “bu mamlakatda adolat bormi?" deb so‘rang. Ishonchim komilki, ularning ko‘plari “Bu mamlakatda adolat yo‘q”, deb javob qaytaradi”, deydi muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi raisi va Erdo‘g‘anning asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li. 

Saraçhane'de ''Millet, iradesine sahip çıkıyor'' mitingi düzenlendi - Bursa  Press - Bursa'nın Güncel Haber Sitesi

Har bir shahar hokimining xalqqa xizmat qilishini Allohga xizmat ekanligini ta’kidlagan Kilichdaro‘g‘li shunday deb davom etgan: 

“Biz qoidani shunday bilamiz. Men buni aniq ifoda etaman. Ekrem Imomo‘g‘lining Istanbulga xizmat qilishiga hech kim, hech qanday kuch to‘sqinlik qila olmaydi.  U  o‘z burchini munosib va sharaf bilan bajaradi”.

Mitingda olomonga xitob qilgan Imomo‘g‘li, Istanbulni 3,5 yildan beri vijdon va mantiq asosida adolat tuyg‘usi bilan boshqarayotganini aytib, shu sababdan ham lavozimda istalmagan shaxsga aylanganini bildirdi. 

“Turkiya bunga juda muhtoj. Men umumiy aqlning irodasiga ishonaman. Jamiyat tinch, umumiy kelajakni birgalikda qurishiga ishonaman. Men ulardan va ular chiqargan qarorlaridan hech qachon qo‘rqmayman”, deydi Istanbul hokimi.

Qarorning birinchi darajali sud tomonidan chiqarilganini va jarayonning davom etishini ta’kidlagan Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu o‘tkazilayotgan miting, norozilik va undagi fikrlarga e’tiroz bildirdi. 

“Sud qarori hali yakunlanmagan, ammo qadamlari bor. Men shuni ta’kidlamoqchimanki, avvalgi sud bosqichida ham, bugungi kunda ham qilingan ishlar Konstitutsiyaning 138-moddasiga mutlaqo ziddir. Sudning keyingi jarayonlariga ta’sir o‘tkazishga va sud hokimiyatining Konstitutsiyada kafolatlangan o‘z tamoyillari asosida qarorlar qabul qilish tushunchasiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilinmoqda. Turkiya huquqiy davlat, uni hamma hurmat qilishi va himoya qilishi kerak. Qarorni tanqid qilish mumkin, lekin u huquq doirasi va tamoyillar asosida bo‘lishi kerak. Unga bosim o‘tkazish va odamlarni sud atrofiga to‘plashni biz buni endi ko‘rib turibmiz”, deydi vazir.

Ma’lumot uchun, sud hukmi yuqori organ tomonidan tasdiqlansa, Imomo‘g‘li siyosiy faoliyatga 5 yillik taqiq qo‘yilgani sababli o‘z lavozimidan ayrilishi mumkin. 

Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi vakili Imomo‘g‘liga qarshi ish 2019 yilgi Istanbul hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovlardan keyin qo‘zg‘atilgan. U 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod va sobiq Bosh vazir Binali Yildirimga raqib bo‘ldi. Biroq, Yildirim va uning partiya shahar hokimligi uchun o‘tkazilgan saylov natijalarini rad etdi, MSK tomonidan bekor qilingan birinchi saylovda ham, 23 iyun kuni o‘tkazilgan ikkinchi saylovda ham Ekram Imomo‘g‘li g‘alaba qozondi. Ayniqsa, ikkinchi saylovda yuqori ustunlik bilan muvaffaqiyatga erishdi.

Imomo‘g‘li saylovda g‘alaba qozongach, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovni bekor qilganlarni "ahmoqlar" deb atadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing