Isroilda markaziy osiyolik erkak josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi

Olam

image

Isroilda Eron foydasiga josuslik qilishda gumonlanib, Tojikiston va Rossiya fuqarosi Behruz Sobirjon qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 2 iyul kuni “The Times of Israel” xabar berdi.

Isroil politsiyasining talqiniga ko‘ra, gumonlanuvchi joriy yilning yanvar oyidan buyon “Eron agenti” bilan aloqada bo‘lib kelgan va “Eronga [urushda] tezkor muvaffaqiyatga erishishda yordam berishga intilgan”.

Tergovning da’vo qilishicha, dastlab Sobirjonga ish taklif qilingan, biroq ko‘p o‘tmay u bu taklif Eron agenti tomonidan bo‘lganini tushunib yetgan, shunga qaramay, “u bilan aloqani davom ettirgan”.

  • U bajargan topshiriqlar orasida quyidagilar bo‘lgan: 
  • Eron raketalari tushgan joylarni hujjatlashtirish (suratga/videoga olish) va uzatish;
  • Tel-Avivdagi osmono‘par binolarning koordinatalarini taqdim etish;
  • Hayfa porti fotosuratlarini yuborish hamda Isroil shimolidagi “maxfiy xavfsizlik ob’ekti”ni suratga olishga urinish.

Gumonlanuvchi joriy yilning iyun oyida qo‘lga olingan, prokuratura unga nisbatan ayblov e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroil fevral oyi oxirida Eron bilan urush boshlagan edi. AQSH va Eron 18 iyun kuni barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Biroq keyinchalik tomonlar zarbalarni qayta tikladi. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, iyun oyi oxirida AQSH va Eron o‘zaro zarbalarni to‘xtatishga kelishib olgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing