Isroil zarbasi oqibatida “Hizbulloh”ning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)
Olam
−
04 iyul
6984Kecha, 3 iyul kuni Isroilning Livanga zarbasi oqibatida “Hizbulloh”ning yana bir yuqori martabali dala qo‘mondoni Abu Ali Nosir halok bo‘ldi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Livan janubidagi Tir shahrida halok bo‘lgan Abu Ali Nosir uchta mintaqaviy bo‘linmadan biri bo‘lmish “Aziz” bo‘linmasining rahbari hisoblangan. Bu birlik Isroil-Livan chegarasidagi sharqiy tuman uchun javobgardir. “Hizbulloh” bayonotida o‘ldirilgan qo‘mondonning ismi Muhammad Naam Nosir deb keltirilgan va u “Abu Naameh” laqabi bilan tanilgan.
“Hizbulloh” Nosirning o‘ldirilishiga javoban Falah raketalari bilan Isroil armiyasining Kiryat-Shmonadagi 769-brigadasi shtab-kvartirasini nishonga olgan.
Ma’lumot uchun, Livanning “Hizbulloh” guruhi joriy yilning 28 iyun kuni Arab davlatlari ligasining terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Livan janubidagi Jouya qishlog‘iga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgandi. Ular orasida “Hizbulloh” guruhining yuqori darajali dala qo‘mondoni ham bor edi.
LiveBarchasi