Isroil UEFA musobaqalaridan chetlatilishi mumkin

Sport

image

Ertaga, 23 sentyabr kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) xalqaro yig‘ilishda Isroil terma jamoasi va Isroil klublarining xalqaro turnirlarda ishtirokini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda “Israel Hayom” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Qatar rasmiylari Isroilni Yevropa musobaqalaridan chiqarib yuborish uchun butun dunyo futbol rasmiylariga bosim o‘tkazmoqda. Bu masala UEFA ijroiya qo‘mitasining ertaga, 23 sentyabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishida ovozga qo‘yilishi kutilmoqda. Hozircha 20 ta davlat Isroilning ishtirokiga qarshi chiqqani, yana 2-3 davlat qarshi bo‘lishi mumkinligi ma’lum. UEFA’ning esa jami 55 a’zosi mavjud.
 
Isroil futbol assotsiatsiyasi ovoz berishni to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Aks holda, Isroil jamoalari Rossiya terma jamoasi kabi uch yil davomida faqat o‘rtoqlik o‘yinlari bilan cheklanib qolishi mumkin. Isroil tomoni ham UEFA’ga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda. Mamlakatning “Makkabi Tel-Aviv” jamoasi Yevropa ligasi doirasidagi uchrashuvini UEFA yig‘ilishidan bir kun o‘tib, 24 sentyabr kuni Gretsiyada “PAOK Saloniki” klubiga qarshi o‘tkazishi kerak. Shuningdek, agar taqiq kuchga kirsa, Isroil terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida ishtirok etolmaydi, klublar esa UEFA Yevropa ligasi va boshqa turnirlardan chetlashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches ham G‘azoda davom etayotgan mojaro sababli Isroilni xalqaro sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirgan edi. Shuningdek, Ispaniya Kongressi a’zosi Patxi Lopes agar Isroil terma jamoasi saralashdan o‘tsa, Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashmasligi mumkinligini haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing