Isroil Misr bilan chegarada yopiq harbiy zona tashkil qildi
Olam
−
06 noyabr 2025 1985 1 daqiqa
Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats dronlar yordamida qurol kontrabandasining kuchayishiga qarshi kurashish maqsadida Isroil-Misr chegarasiga tutash hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qilishni buyurdi. Bu haqda Isroilning 13-telekanali xabar berdi.
Vazir, shuningdek, “taqiqlangan hududga ruxsatsiz kirgan” har qanday shaxsga zarba berish imkonini beruvchi jangovar qoidalarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Bundan tashqari, u Isroil xavfsizlik xizmati rahbari David Zini bilan dronlar orqali amalga oshirilayotgan kontrabandani terroristik tahdid sifatida baholash borasida kelishuvga erishgan.
“Kimki taqiqlangan hududga kirsa, yo‘q qilinadi”, deydi u.
Katsning fikricha, dronlar orqali qurol kontrabadasi G‘azo urushining bir qismi hisoblanadi.
“Bu bizning dushmanlarimizni qurollantirishga qaratilgan, shu sababli uni to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil parlamenti terrorizm bilan bog‘liq qotilliklar bilan sudlangan falastinliklar uchun majburiy o‘lim jazosini qayta joriy etuvchi qonun loyihasini ilgari surayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025