Isroil Eron TIV binosiga hujum qildi
Olam
−
16 iyun 6830 1 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiylarining aytishicha, Isroil Tehrondagi vazirlik binolaridan biriga hujum qilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Isroil Tehrondagi Siyosiy va xalqaro tadqiqotlar instituti ro‘parasida joylashgan vazirlik binolaridan biriga hujum qilgan.
Xatibzodaga ko‘ra, hujumda tinch aholi jarohatlangan. Hujumdan keyin u e’lon qilgan fotosuratda institut kutubxonasiga zarar yetgani aks etgan.
“Bu ochiq urush jinoyati bo‘lib, Isroil rejimining Eronga qarshi davom etayotgan tizimli tajovuz kampaniyasining bir qismidir”, dedi Eron rasmiysi.
Eron Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Siyosiy va xalqaro tadqiqotlar instituti Tehron shimolidagi Niaveran mahallasida joylashgan.
Live
Barchasi