Isroil hujumida bir kechada 78 g‘azolik halok bo‘ldi
Olam
−
18 may 2025 2846 1 daqiqa
Bugun, 18 mayga o‘tar kechasi Isroilning G‘azo sektoriga qilgan navbatdagi yangi hujumlari oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, G‘azo sektorida bombardimonlar yarim tun atrofida boshlangan va hudud bo‘ylab davom etgan. Gumanitar hudud deb belgilangan Al-Mavosi mintaqasida 36 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Jabaliya qochqinlar lagerida ham qurbonlar borligi aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiylari Falastin anklaviga – G‘azo sektorining shimoliy, markaziy va janubiy hududlariga zarbalar berishda davom etmoqda.
Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar Quvayt dala shifoxonasi hamda Xon-Yunusdagi “Nosir” shifoxonasiga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 may kuni Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida yangi keng ko‘lamli harbiy hujum boshlaganini e’lon qilgan edi. Mudofaa armiyasining bayonotiga ko‘ra, bu operatsiya garovga olingan fuqarolarni ozod qilish va HAMAS guruhini yo‘q qilish maqsadida boshlangan. Qolaversa, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham Isroil kuchlarining G‘azo sektorida yirik hujumi yaqin kunlarda boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Bosh vazirga ko‘ra, bu urushning oxirgi nuqtasi va hammasini hal qilish yo‘lida tashlangan katta qadamdir.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025