Isroil harbiylari 2000 yildan beri qancha norasida o‘ldirgani ochiqlandi
Olam
−
06 aprel 2021
15657Isroilning G‘azodagi "quyma qo‘rg‘oshin", "bulutli ustun" va "mudofaa chizig‘i"dagi katta operatsiyalarida yuzlab bolalar halok bo‘ldi.
2000 yilning sentyabridan beri Isroil xavfsizlik kuchlari Falastinning bosib olingan va qamal qilingan hududlarida 2103 nafar bolani o‘ldirdi va minglab odamlar hibsga oldi. Bunday ma’lumotlar Isroilning “Betselem” inson huquqlari tashkiloti tomonidan keltirilgan.
Falastinning sobiq prezidenti Yosir Arafat 1995 yilda 5 aprelni "Falastin bolalar kuni" deb e’lon qilgan. O‘shandan beri g ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda, shuningdek, blokada qilingan G‘azo sektorida Isroilning bolalarga nisbatan shafqatsizligi va zo‘ravonligi kuchaygan.
Xalqaro huquq me’yorlariga e’tibor bermay, Isroil har kuni o‘z ishg‘olini kengaytirmoqda. Ammo, afsuski, falastinlik bolalar ham juda aziyat chekmoqda. Qirg‘inlarning aksariyati Isroilning G‘azoga hujumlari paytida yuz bergan
“Betselem” ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan beri Isroilning G‘azoda va (430) G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi hujumlarida 1673 nafar falastinlik bola halok bo‘ldi.
G‘azoda eng katta bolalar guruhi "Qo‘rg‘oshin”, “Bulut ustuni” va “Mudofaa chizig‘i" keng ko‘lamli harbiy operatsiyalari paytida o‘ldirilgan.
Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, "Qo‘rg‘oshin" operatsiyasi natijasida G‘azoda 344 nafar, “Bulut ustuni”da 33 nafar va “Mudofaa chizig‘i”da 548 nafar bola o‘ldirilgan.
2018 yil 30 martdan 2019 yil iyunigacha G‘azoda "Qaytishning buyuk marshi" shiori ostida o‘tkazilgan mitinglar paytida Isroil xavfsizlik kuchlari 43 nafar falastinlik bolani o‘ldirdilar.
Bir kun oldin e’lon qilingan Falastin asirlari jamiyatining hisobotida aytilishicha, 2021 yil boshidan beri Isroil xavfsizlik kuchlari turli xil ayblovlar bilan 230 nafar falastinlik bolani hibsga olgan. Hozirda Isroil qamoqxonalarida 140 ga yaqin falastinlik bolalar bor, deyiladi hujjatda.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi