Irrigatsiya institutining Buxoro filiali direktori vafot etdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2020 9324 1 daqiqa
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Nusrat Murtazoyevich Murodov 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Nusrat Murodov 1968 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1992 yilda Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasini tugatgan.
Nusrat Murodovning o‘limi sababi ochiqlanmagan.
Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov 60 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi