Ipak Yuli Bank yangi brend va Think Big platformasi bilan o‘z tarixida yangi sahifa ochmoqda

Biznes

image

35 yildagi birinchi keng ko‘lamli rebrending – raqamli innovatsiyalar, mijozlarga yo‘naltirilgan va xalqaro rivojlanish davrining boshlanishi.

O‘zbekistonning yetakchi xususiy banklaridan biri Ipak Yuli Bank  o‘zining 35 yillik faoliyati davomida ilk bor keng ko‘lamli rebrending o‘tkazdi. Yangi brend va strategik platforma – “Katta maqsadlar sari / Think Big / Ради больших целей” bankning mijoz va ularning ambitsiyalarini markazga qo‘ygan, zamonaviy moliyaviy yechimlar ekotizimiga aylanish yo‘lini ifodalaydi.

Marketing va PR direktori Nana Мардо­ян ta’kidlaganidek: “Think Big – bu mijozlarga va’da, o‘zimizga esa sinov”. Ya’ni, bank o‘zini nafaqat moliyaviy institut, balki kundalik hayotning bir qismiga aylantiruvchi ekotizim sifatida ko‘rmoqda: oiladan ta’limgacha, biznesdan sayohatgacha.

Shu maqsadda so‘nggi yillarda taqdim etilgan innovatsion mahsulotlar: Woman Card, Visa Start Sum, Visa PUBG MOBILE – nafaqat marketing yangiliklari, balki mijozlarning turmush tarziga moslashtirilgan yechimlardir.

Bank rebrending orqali o‘zining ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga sodiqligini yana bir bor ta’kidladi. Bu esa uni xalqaro moliya institutlari ko‘zida ishonchli hamkor sifatida mustahkamlaydi. Xalqaro reytinglar (Fitch, Moody’s) ham bankning moliyaviy barqarorligini tasdiqlab kelmoqda.

Ipak Yuli Bank’ning yangi davrga qadam qo‘yishi, aslida, O‘zbekiston moliya sektorining global integratsiyaga ochiqligini ko‘rsatmoqda. Rebrending orqali bank nafaqat milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi institut, balki mintaqaviy va xalqaro o‘yinchi bo‘lishga intilmoqda.

Think Big – bu bankning o‘ziga bergan chaqirig‘i: kengroq fikrlash, katta maqsadlar sari intilish va ularni mijozlar bilan birgalikda amalga oshirish.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Ipak Yuli Bank Think Big

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar