Iordaniya va BAA G‘azoga havodan yordam yetkaza boshladi (video)

Olam

image

Isroil blokadasi sabab bo‘lgan ocharchilik fonida Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya G‘azoga havodan yordam yuborishni boshladi. Bu haqda Isroilning KAN davlat televideniyesi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, BAA va Iordaniya samolyotlari parashyutlar orqali G‘azo shahriga sakkiz quti yordam tashlagan. Ta’kidlanishicha, bu qutilarning to‘rttasi G‘azoning Eski shahar hududiga, yana to‘rttasi shahar shimolidagi Zaytun mahallasiga tashlangan.

Isroil armiyasi avvalroq 25 iyuldan kunidan boshlab xorijiy davlatlarga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamlarini havodan olib o‘tishga ruxsat berishini aytgan edi. Avvalroq xabarlarga ko‘ra, havodan yordam yuborilishi tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan, chunki qutilar to‘g‘ridan to‘g‘ri odamlar ustiga tushgan.

Ta’minotning bir qismi dengizga tushib, ochlikdan azob chekayotgan aholini qirg‘oqqa qochishga majbur qildi, bu yordamni yetkazib berish usuli tanqidlarga sabab bo‘ldi. G‘azo sektorida Isroil blokadasi sabab bo‘lgan gumanitar inqiroz oqibatida ochlikdan halok bo‘lgan falastinliklar soni 133 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Isroil Iordaniya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing