Imom bomdod namozi vaqtida pichoqlab ketildi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-Jersi shtatida imom bomdod namozi vaqtida pichoqlab ketildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Peterson shahridagi Umar masjidi imomi Sayid Al-Nakib 9 aprel, yakshanba kuni bomdod namoziga imomlik qilayotganda jamoat orasida yashiringan kishi tomonidan pichoqlangan. 

Suiqasdni amalga oshirgan shaxsning kimligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Serif Zorba ismli kishining namoz vaqtida odamlar orasidan sakrab o‘tib, 65 yoshli imomga pichoq bilan zarba bergani kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. 

Jinoyatchi namozxonlar tomonidan ushlanib, politsiyaga topshirilgan. Imom esa hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Masjid ma’muriyati holat haqida batafsil ma’lumot bergan. Biroq hujumning amalga oshirilishidan maqsad nima bo‘lgani ochiqlanmagan. Tergov harakatlari davom etayotgani xabar qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Eronda boshi uchun 3 million dollar mukofot puli va’da qilingan yozuvchi Salmon Rushdiy Nyu-Yorkda pichoqlangandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing