Ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 150 dan ortiq kishi jarohatlandi

Olam

image

Bugun, 7-dekabr kuni Kataloniyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 150 dan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda Ispaniyaning RTVE telekanali Mahalliy fuqarolarni himoya qilish departamentiga tayanib xabar berdi.

“Halokat bugun ertalab taxminan soat 7:50 da sodir bo‘lgan. Tergovda aniqlanishicha, Barselona yo‘nalishida ketayotgan poyezd Montkada bekatida bo‘lgan boshqa poyezd bilan to‘qnashib ketgan. U Kataloniya poytaxtiga ketayotgan bo‘lgan”, deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, 150 kishi yengil tan jarohati olgan, yana besh nafari og‘ir ahvolda. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikkita liniyada ham transport harakati bo‘lgan R4 Renfe yo‘nalishi yopilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing