Ikki davlatning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 18 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorlig‘i nusxasini topshirish marosimidan so‘ng vazir elchini O‘zbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, yuksak va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda O‘zbekiston-Janubiy Koreya maxsus strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va O‘zbekistonda koreys diasporasi tashkil topganining 85 yilligini nishonlash bo‘yicha “O‘zaro almashinuv yili” doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, vazir Komilov Dominikana Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Frank Kastellanosni qabul qildi.

Komilov Ishonch yorlig‘ini qabul qilib olib, elchini lavozimga kirishishi bilan tabrikladi va mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘rtasida BMT va Amerika davlatlari tashkiloti doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov elchi

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing