IBA Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenziyalash tartibini ma’lum qildi
Sport
−
21 fevral 2023 3348 1 daqiqa
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada uchun litsenziyalash tartibini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati bokschilarga Olimpiada litsenziyalarini taqdim etadi.
Qayd etilishicha, Toshkent va Nyu-Delida o‘tkaziladigan Jahon chempionatlariga boykot e’lon qilgan mamlakat sportchilari shaxsan ro‘yxatdan o‘tib, mundial bahslarida qatnashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH, Shvetsiya, Irlandiya va Chexiya boks federatsiyalari Jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Mazkur mamlakatlar boks federatsiyalari Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda ekanligi va tashkilotning “Gazprom” bilan hamkorlik qilishi sababli, mundialda ishtirok etish fikridan qaytgan.
Live
Barchasi