“Hududgaz Jizzax” bo‘lim boshlig‘i va yetakchi muhandisi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
25 fevral 2022 10453 1 daqiqa
Jizzax shahrida tadbirkordan 3 000 AQSH dollari pora talab qilgan bo‘lim boshlig‘i va yetakchi muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali yetakchi muhandisi Sh.I. (muqaddam JKning 214-moddasi bilan sudlangan) “X.S.” MCHJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada hisoblangan 384,6 mln so‘m zararni kamaytirib berish evaziga MCHJ ish yurituvchisi D.D.dan 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, filialning shartnomaviy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i B.R. sherigi yetakchi muhandis Sh.I.dan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi