Gvardiolaning rejasiga kirmagan “Siti” futbolchilari sotuvga qo‘yiladi
Sport
−
21 fevral 2025 20787 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transferlar oynasida rejasiga kirmagan futbolchilar – De Bryuyne, Bernardu, Kovachich kabilardan qutulmoqchi. Bu haqda “Crossy Daily Star” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa ustozi Gvardiola yozda klubni tubdan o‘zgartirmoqchi va yozgi transferlar oynasida “Manchester Siti”ning bir qator futbolchilaridan qutulmoqchi. Ular orasida jamoa yetakchilari Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Ederson, Jek Grilish kabilarning nomlari qayd etilgan. Shuningdek, avvalroq, Gvardiolaning rejasiga kirmagan himoyachi Kayl Uoker jamoani tark etdi va “Milan” safiga borib qo‘shilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real Madrid”ga 6:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan va turnirdagi ishtirokini yakunlagandi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qilgandi.
Live
Barchasi