Gvardiola “Manchester Siti”ning bugungi g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Sport
−
08 fevral 33667 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiola Angliya kubogi doirasida “Leyton” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. Bu haqda u o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bu Angliya kubogining odatiy o‘yini edi. Raqib qanday kuchga ega ekanini bilardik. Ular qanotlarda ancha faol o‘ynadi. “Leyton” haqiqatdan kuchli klub. Ammo biz ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. Keyingi bosqichga o‘tganimizdan xursandman”, dedi Gvardiola.
Shuningdek, murabbiy birinchi taymdagi muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Dastlabki bo‘limda unchalik yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Boshidagi 10-15 daqiqada kamchiliklar ko‘ringandir. Ammo ularning kiritgan chiroyli golidan keyin tizginni qo‘lga oldik va ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. G‘alabaga haqli edik”, deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin yakuniga yetgan bahsda “Manchester Siti” mehmonda “Leyton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. O‘yinda zaxiradan maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov gol urib, hisobni tenglashtirgandi.