Gruziyadagi karantinda odamlarga yordam berishning o‘zgacha usuli o‘ylab topildi

Olam

image

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida taksi haydovchilari va oddiy avtomobil egalaridan iborat ko‘ngillilar guruhi tuzildi. Ular shahar aholisiga istagan yerlariga bepul olib borish taklifi bilan chiqmoqda.

Gruziya hukumati koronavirus tarqalgani sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon, umumiy karantin va 21:00 dan 6:00 gacha bo‘lgan komendantlik soati joriy etdi. cheklovlar, shuningdek, o‘z ichiga jamoat transporti harakatining taqiqlanishini ham oladi. Faqatgina yengil avtomobil va taksida yurishga ruxsat berildi. Mashina salonida uch kishidan ko‘p yo‘lovchi bo‘lmasligi kerak. Haydovchining yonidagi o‘rin esa bo‘sh bo‘lishi lozim.

Ko‘ngillilar Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Olib borib qo‘y” nomli guruh tashkil qildi. Unga jami 18 ming foydalanuvchi a’zo bo‘ldi. Har kim u yerda qayerga borishini yozib, e’lon qoldirsa kifoya. Shundan so‘ng bo‘sh haydovchilardan biri u bilan bog‘lanadi va aytilgan manzilga olib borib qo‘yadi. Guruhda ko‘ngilli taksistlar va boshqa mashina egalari ham o‘z xizmatlarini taklif qilishadi.

“Guruh odamlarning bir-biriga yordam berishlari uchun tuzildi”, deyiladi guruh ma’muriyati e’lonida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada koronavirusga 170 nafar odam chalindi. 36 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing