“Golden Boy-2025” sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

Yevropa futbolining 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy” sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.  Ro‘yxatga Yevropa futbolining eng iste’dodli 25 nafar o‘yinchisi kiritilgan. Bu haqda SI nashri xabar berdi.

Nomzodlar orasida PSJ yosh yulduzi Dezire Due, “Real Madrid” pleymeykerlari Arda Gyuler va Franko Mastantuono, shuningdek, “Chelsi” futbolchisi Estevan Villian ham bor. Bundan tashqari, Wild Card sifatida Joub Bellingem, Rodrigo Mora va Jovanni Leoni nomzodlar qatoriga qo‘shilgan.

Ro‘yxatdagi 25 futbolchi orasida 13 ta klub vakillari bor. Chempionlar Ligasi sohibi PSJ va “Real Madrid” jamoalarining har biridan uch nafar futbolchi nomzodlar qatoridan joy olgan. Shuningdek, Fransiyadan besh nafar, Angliyadan to‘rt nafar futbolchi sovrin uchun nomzodlik qilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Dezire Due mukofot uchun favorit hisoblanadi. Agar u g‘alaba qozonsa, 8 yil ichida “Golden Boy” sovrini olgan 2-fransuz futbolchisi bo‘ladi. O‘tgan yilgi g‘olib Lamin Yamal esa yosh chegarasi va o‘tgan yilgi g‘alaba sababli bu yilgi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrin 2003 yilda Italiyaning “Tuttosport” gazetasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Yevropa oliy ligalarida o‘ynayotgan eng yorqin yosh futbolchilarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Bu mukofot “Oltin to‘p” taqdirlash marosimidagi “Kopa”sovrinidan biroz farq qiladi. “Golden Boy” sovrini to‘liq kalendar yili hisobiga beriladi. Ovoz berishda Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi. “Kopa” esa mavsum uchun topshiriladi. Bu sovringa ovoz berishda faqat “Oltin to‘p” egalari qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa futbol Golden Boy-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing