Germaniya Jahon chempionatidan chiqib ketmoqchi

Sport

image

Germaniya 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi turnirdan chiqish ehtimolini hozircha yuqori deb baholamoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Qayd etilishicha, Berlin bu borada Madrid bilan hamkorlikda harakat qilmoqchi. Agar Ispaniya ham turnirda ishtirok etmaslikka qaror qilsa, Germaniya ham shunday yo‘l tutishi mumkin.

Mazkur jarayonning asosiy tashabbuskorlaridan biri Germaniya kansleri Fridrix Mers ekani aytilmoqda. U AQSH tashqi siyosatini keskin tanqid qilib, Vashington qoidalarga asoslangan xalqaro tartibdan voz kechib, ko‘proq kuch va milliy manfaatlarga tayanayotganini ta’kidlagan.

Shu tariqa, 2026 yilgi Jahon chempionati atrofidagi keskinlik tobora kuchayib, sport doirasidan chiqib ketayotganiga e’tibor qaratilmoqda. Agar Yevropaning yetakchi terma jamoalaridan bo‘lgan Germaniya va Ispaniya turnirda qatnashishdan bosh tortsa, bu boshqa mamlakatlarga ham ta’sir qilib, FIFA uchun katta inqirozni yuzaga keltirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi voqealardan so‘ng Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Eron terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Eron Jahon chempionati Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing