Germaniya Yevro-2024 paytida terakt bo‘lishidan xavotirlanmoqda

Sport

image

Germaniya hukumati Yevro-2024 paytida shu yilning mart oyida Rossiya markazi Moskva shahridagi “Krokus Siti Xoll”dagi fojiaga o‘xshash voqea sodir bo‘lishi mumkinligidan jiddiy xavotirlanyapti. Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ma’lum qildi.

“Germaniya va, shuningdek, butun Yevropa terroristik tashkilotlar, xususan ISHIDning “Viloyati Xuroson” guruhi nishoni ostida. Bu kabi holatni yaqinda Moskvada ko‘rganmiz”, deydi Nensi Fezer.

Qayd etilishicha, Yevro-2024'ga mezbonlik qilayotgan Germaniya terrorchilarning keyingi nishoni bo‘lishi mumkin.Bunga “Viloyati Xuroson” terroristik guruhi yaqinda futbol stadionida avtomat tutgan jangari tasvirlangan suratni chop etgani sabab bo‘lgan. Surat tagida “Oxirgi golni uramiz!”, deb yozilgan.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya terakt Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing