Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini e’lon qildi

Olam

image

Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Yordam butun yer usti transport vositalari, o‘q-dorilar va sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarini o‘z ichiga olgan. Bu haqda Germaniya hukumati saytida xabar berildi.

Yangi harbiy yordam paketiga quyidagilar kiradi:

  • 14 ta Bandvagn 206 butun yer usti transporti;
  • Biber ko‘prigi qatlami;
  • 2 ta muhandislik avtomobili WiSENT 1 MC;
  • 7 ta HX81 traktori va ular uchun 8 ta tirkama;
  • 21 ta chegara qo‘riqlash vositalari;
  • Leopard tanklari uchun radiostansiyalar;
  • 99 ta sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallari;
  • Vektorli dronlar uchun ehtiyot qismlar to‘plami;
  • 20 000 ta himoya ko‘zoynagi;
  • 239 ta kriptofon;
  • granata otish uchun deyarli 33 ming 40 mm o‘q-dorilar;
  • 1202 infuzion nasoslar (tibbiy jihozlar).

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga 400 million yevrolik harbiy va gumanitar yordam paketini e’lon qilgandi. Unga turli xil kuchli portlovchi snaryadlar, artilleriya vositalari, minadan tozalash vositalari, qishki kiyimlar, elektr va issiqlik generatorlari kirgandi.

Germaniya hukumati 13 sentyabr kuni ham Ukrainaga avvalgi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Jumladan, uning tarkibiga 20 ta Marder zirhli texnikasi va 20 ta RQ-35 Heidrun dronlari kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing