Germaniya konslagerining sobiq qo‘riqchisi AQSHdan chiqarib yuborildi
Olam
−
21 fevral 2021
6421Amerikaning Tennessi shtatida yashovchi Germaniya konslagerining sobiq qo‘riqchisi, Germaniya fuqarosi Fridrix Karl Berger AQSHdan chiqarib yuborildi. Bu haqda “Newsweek” yozmoqda.
Fridrix Karl Berger 1945 yilda Quyi Saksoniya, Noyengamme kontsentratsion lagerida qo‘riqchi bo‘lib xizmat qilgan. U Qo‘shma Shtatlarga 1959 yilda kelgan va o‘shandan beri Tennesi shtatida yashaydi.
Biroq 2020 yil mart oyida immigratsiya sudyasi uni chiqarib yuborishni buyurdi. Sud qaroriga ko‘ra, u ixtiyoriy ravishda konsentratsion lagerda qo‘riqchi bo‘lib xizmat qilgan, uning asirlari orasida yahudiylar, polyaklar, ruslar, daniyaliklar va boshqalar bo‘lgan. Berger lagerni qo‘riqlayotgani va mahbuslarning hech biri qochib ketmasligiga ishonch hosil qilganini tan oldi, ammo ular bilan nima yuz berayotganini anglamagan. Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u shunchaki boshliqlarining buyruqlarini bajargan.
2020 yil iyul oyida Gamburg viloyat sudi Shtuttgof konslagerining sobiq qo‘riqchisi 92 yoshli Bruno D. ni mahbuslarni o‘ldirishda yordam berganligi uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Erkak besh mingdan ortiq odamni o‘ldirishda ishtirok etgan, deb hisoblangan.
LiveBarchasi