G‘azo shimolidagi yagona shifoxona ham faoliyatini to‘xtatdi
Olam
−
29 fevral 2024 2786 1 daqiqa
G‘azo shimolida joylashgan so‘nggi Kamol Aduan shifoxonasi yonilg‘i yo‘qligi sababli aholiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Kamol Aduan shifoxonasida elektr generatori yonilg‘i taqchilligi tufayli to‘xtab qoldi va viloyat aholisi dializ, reanimatsiya, bolalar bo‘limi, ichki kasalliklar, kardiologiya, umumiy jarrohlik, tungi parvarish va bolalar shoshilinch tibbiy yordam xizmatlaridan foydalana olmaydi", deyiladi hisobotda.
Ta’kidlash joizki, Isroil armiyasi 146 kundan beri Falastin anklavini o‘qqa tutishda davom etmoqda. Taxminan 2,3 million aholiga ega G‘azo sektori gumanitar falokatga yuz tutmoqda. Isroil tinch aholi punktlari, shifoxonalar, maktablar va falastinliklar ko‘chirilgan boshpanalarni nishonga olmoqda va gumanitar yordamlarning mintaqaga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi.
Xalqaro doiralar, xususan BMT tashkilotlari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqaga insonparvarlik yordami oqimini oshirishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektoridagi shifoxonalarda so‘nggi 24 soat ichida kamida to‘qqiz bola ochlikdan vafot etgandi.
Sarvar Xurramov
Live
Barchasi