G‘azo shifoxonasiga qilingan hujumda jurnalistlar halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 5 iyun kuni Isroil armiyasi G‘azo shahridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum uyushtirdi va unda jurnalistlar hamda tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hujum oqibatida kamida to‘rt falastinlik jurnalist halok bo‘lgan. Ular orasida Sulayman Hajjaj va Ismoil Bada (ikkalasi ham “Palestine Today” telekanalida ishlagan), Samir al-Rifai (“Shams News” agentligi) va Ahmad Qalaja bo‘lgan. Hujumda yana bir necha jurnalistlar jarohat olgan. 

Bu hodisa bilan G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 225 nafarga yetgan. Xalqaro tashkilotlar bu hujumni qoralab, uni so‘z erkinligiga qarshi jinoyat deb atagan. 

Isroil harbiylari bu hujumni HAMAS guruhini nishonga olish maqsadida amalga oshirganini bildirgan bo‘lsa-da, shifoxona direktori bu Isroilning sakkizinchi marta tibbiyot maskanini nishonga olishi ekanini ta’kidlagan. 

G‘azodagi og‘ir vaziyat

G‘azodagi insonparvarlik inqirozi tobora chuqurlashmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2,3 million aholining aksariyati ochlik xavfi ostida. Isroilning davom etayotgan harbiy amaliyotlari oqibatida hozirgacha 54 mingdan ortiq falastinlik, jumladan, ko‘plab ayollar va bolalar halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi tinch aholi, xususan yordam olish uchun to‘plangan falastinliklarga qarshi uyushtirgan hujumlari xalqaro huquq me’yorlariga zid bo‘lib, og‘ir urush jinoyatlari sifatida baholanishi mumkinligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing