Gabon terma jamoasining sobiq futbolchisi o‘lik holda topildi
Sport
−
09 iyun 1592 1 daqiqa
Gabon milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Irondu Mussavu-King 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gabon futbol federatsiyasi (FGF) ma’lum qildi.
Futbolchining o‘limi sabablari hozircha ochiqlanmagan. ESPN xabariga ko‘ra, Mussavu-Kingning jasadi Gabon poytaxti Librevil shahridagi uyi yaqinidan topilgan.
“Gabon futboli uchun bunday ramziy shaxsning holatiga aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan sharoitda hayotdan ko‘z yumishi – milliy futbol oilasida katta bo‘shliq qoldiradi”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Mussavu-King faoliyati davomida Fransiyaning “Kan”, “Pon-dyu-Gar”, “Tuluza”, “Bulon” va “Le-Man”, Ispaniyaning “Granada”, Italiyaning “Udineze” hamda Shveysariyaning “Sent-Gallen” klublari sharafini himoya qilgan.
U 2022 yilda professional faoliyatini yakunlagan. Mussavu-King Gabon milliy terma jamoasi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning mart oyida Gabon bilan uchrashuv o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Live
Barchasi