“Fujairah Open” yakunlandi. O‘zbekiston delegatsiyasida natija qanday?
Sport
−
09 fevral 2022 3627 1 daqiqa
Joriy yilning 6-8 fevral kunlari kunlari BAAda taekvondo bo‘yicha an’anaviy “Fujairah Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 11 nafar taekvondochi himoya qildi. Vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi hamda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Bugun, 9 fevral kuni tunda o‘zbekistonlik sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
.jpg)
“Fujairah Open-2022” sovrindorlari:
Oltin medal:
• Ulug‘bek Rashitov
• Jasurbek Jaysunov
• Feruza Sodiqova
• Svetlana Osipova
Kumush medal:
• Charos Qayumova
Bronza medal:
• Nikita Rafalovich
• Niyoz Po‘latov
Shahboz Qahhorov
Live
Barchasi