FSB AQSH konsulligi sobiq xodimini qo‘lga oldi

Olam

image

Bugun, 28 avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) AQSHning Vladivostokdagi bosh konsulligi sobiq xodimi Robert Shonovni safarbarlik haqida ma’lumot yig‘ishda ayblab, qo‘lga olganini ma’lum qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.

FSBga ko‘ra, Shonov AQSHning Moskvadagi elchixonasi siyosiy bo‘limi xodimlari Silin Jeffri va Bernstayn Devidning ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’lumot to‘plagan. Shuningdek, u jurnalistlar, biznesmenlar va siyosatchilarni yollash bo‘yicha ishni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.

FSB Shonovning aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e’lon qildi. Videodan ma’lum bo‘lishicha, Shonov bir necha oy oldin qo‘lga olingan – uni uydan olib chiqib ketayotgan kadrlarda qor borligi ko‘rinadi. Qo‘lga olingan shaxsga Rossiya Jinoyat kodeksining 275,1-moddasi (Chet davlat bilan maxfiy hamkorlik) bo‘yicha ish ochilgan. Davlatga xiyonat to‘g‘risidagi moddalarga o‘xshash ushbu modda o‘tgan yili Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan edi. Ayblovdan kelib chiqib, unga sakkiz yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada 3 bolgariyalik Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing