Fransiyaga qurg‘oqchilik xavf solmoqda – vazir Beshyu
Olam
−
27 fevral 2023 4145 1 daqiqa
Fransiyaning Ekologik o‘zgarishlar va hududlarni rivojlantirish vaziri Kristof Beshyu qurg‘oqchilik xavfidan qochish uchun mamlakatda suvni tejash kerakligini aytdi. Bu fikrni vazir “Le Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyusida bildirgan.
Qayd etilishicha, vazir Fransiyada 2022 yildagi qurg‘oqchilik tufayli yer osti suvlari darajasi pasayib ketganini ma’lum qilgan. Fevral oyida esa yog‘ingarchilik kamayib, 1959 yildan beri eng qurg‘oqchil oy kuzatilgan.
Shuningdek, Beshyu bugun, 27 fevral kuni hududiy prefektlar bilan uchrashuv o‘tkazishini, ularga yozda zarur bo‘lgan suv resurslarini saqlash uchun hozirdan cheklov choralari ko‘rishni tavsiya qilmoqchiligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyada oldinroq fermerlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolar ortidan namoyish o‘tkazgan va traktorlar bilan Parijga kirib borgan edi.
Alibek Beyjanov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr