Fransiyada kuchli dovul oqibatida yuz minglab uylar elektrsiz qoldi (video)

Olam

image

“Benjamin” dovuli Fransiyaning sakkizta mintaqasida poyezdlar qatnovida uzilishlarga sabab bo‘ldi, shuningdek, qariyb 140 mingta uy elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda bugun, 23 oktyabr kuni BFMTV xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuchli shamol tezligi 100-130 km/soat, ba’zi joylarda esa 160 km/soatgacha yetgan. Mamlakatning 19 ta departamentida “to‘q sariq” darajadagi ob-havo ogohlantirishi e’lon qilingan. Elektr ta’minotidagi muammolarga qo‘shimcha ravishda temiryo‘l qatnovida ham uzilishlar kuzatilgan.

Xususan, temiryo‘l harakati bilan bog‘liq muammolar Fransiyaning g‘arbiy, shimoliy va markaziy hududlariga ta’sir ko‘rsatgan. Eng jiddiy nosozliklar Normandiya, shuningdek Bretan, Yangi Akvitaniya va Provans – Alp – Lazur sohilida qayd etilgan. Poyezdlar harakati O-de-Frans, Burgundiya – Fransh-Konte, Overn – Rona – Alp hamda Markaz – Luara vodiysi mintaqalarida ham to‘xtab qolgan, ayrim reyslar esa bekor qilingan.

Bundan tashqari, kuchli shamol mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli elektr uzilishlariga sabab bo‘lgan. Jumladan, Fransiyada qariyb 140 mingta uy elektr ta’minotisiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Val d’Oaz departamenti hududida kuchli bo‘ron va tornado kuzatilgandi. Oqibatda Ermon, Obonn va Frankonvil tumanlarida katta zarar yetgan. Prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi esa og‘ir tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Benjamin dovuli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing