Fransiya “svet”siz qoldi
Olam
−
24 may 9954 2 daqiqa
Bugun, 24 may kuni ertalab Fransiyaning janubida sodir bo‘lgan katta elektr ta’minotining uzilishi oqibatida 160 mingga yaqin uy elektrsiz qoldi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat ayni paytda Kann shahrida o‘tayotgan 78-Kann xalqaro kinofestivaliga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Elektr uzilishi mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida boshlangan. Fransiyaning elektr tarmog‘i operatori ta’mirlash ishlari tezlik bilan olib borilayotganini bildirgan.
Rasmiylarga ko‘ra, uzilishga ataylab chiqarilgan yong‘in sabab bo‘lishi mumkinligi tekshirilmoqda. Hech kim hibsga olinmagan, tergov davom etmoqda.
Kinofestival tashkilotchilariga ko‘ra, asosiy tadbirlar o‘tkaziladigan Palais des Festivals saroyi mustaqil elektr manbaiga o‘tgan. Bu esa rejadagi barcha tadbirlar, jumladan, yopilish marosimini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini bergan.
BFMTV telekanaliga ko‘ra, ertalabki ikki namoyish besh daqiqa to‘xtab qolgan, biroq keyin yana davom ettirilgan. Festival tashkilotchilari yopilish marosimi odatdagidek o‘tishiga ishonch bildirgan. Aynan shu tadbirda eng yaxshi filmlar mukofotlanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni ertalab Pireney yarimoroli bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergandi.
Uzilish Ispaniya, Portugaliya va kamroq darajada Fransiya, Belgiya va Andorraga ta’sir ko‘rsatdi. Elektr tokining o‘chirilishi jamoat transporti, aeroportlar, banklar va do‘konlar hamda mobil aloqada uzilishlarga olib keldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr