Filippinda 7,6 balli zilzila bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 10 oktyabr kuni ertalab Filippinning Mindanao orolida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 58 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida binolarning devorlari yorilib ketgan va daraxtlar ko‘chib chiqqan.

Filippin seysmologiya agentligi mamlakat janubidagi zilzila epitsentridan 300 km uzoqlikda joylashgan qirg‘oqlarda xavfli sunami yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, qo‘shni Indoneziyada ham hukumat Shimoliy Sulavesi va Papua hududlarida sunami xavfini ye’lon qilgan.

“Zilzila avval juda sekin edi, keyin kuchayib ketdi. Bu mening hayotimdagi eng uzoq vaqt bo‘ldi. Biz darhol binodan chiqib keta olmadik, chunki silkinish juda kuchli edi. Ba’zi idoralarning shiftlari qulab tushdi, lekin hech kim jabrlanmadi”, deydi mahalliy aholidan biri.

Rasmiylar har qanday holat nazoratga olinganini aytib, ko‘makka muhtojlarning barchasiga yordam berilishini bildirgan. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, Filippin Tinch okeanidagi “Olov halqasi”da joylashgan bo‘lib, u yerda har yili 800 dan ortiq zilzila sodir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning uchinchi eng yirik oroli Kyusyuning janubidagi Miyazaki prefekturasida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan va sunami xavfi e’lon qilingan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

zilzila Filippin Mindanao Olov halqasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing