FIFA mundialda O‘zbekiston uchun maxsus yangilikni joriy qildi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionatida FIFA futbolchilar uchun uch turdagi maxsus esdalik shevronlarini (kiyimga (yengiga, ko‘kragiga) taqiladigan yoki tikiladigan maxsus belgi) joriy qildi. Ushbu yangilik barcha ishtirokchi jamoalar futbolchilariga, jumladan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga ham taalluqli.

FIFAʼga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining barcha 26 nafar futbolchisi Kolumbiyaga qarshi ilk uchrashuvda “Debyut” shevroni bilan maydonga tushadi. Bu belgi mundialda birinchi marta ishtirok etayotgan futbolchilarga beriladi. Ilk o‘yinda qatnashgan futbolchilar keyingi turlarda ushbu shevronni taqmaydi, zaxirada qolganlar esa birinchi o‘yiniga qadar uni saqlab qoladi.

FIFA tomonidan joriy etilgan shevronlar uch toifaga bo‘lingan: “Debyut” – Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotganlar uchun, “Meros” (Legacy) – beshinchi yoki undan ko‘p mundialda qatnashgan futbolchilar uchun va “Oltin shon-sharaf” (Golden Glory) – avvalgi mundiallarda individual mukofotlarga sazovor bo‘lgan futbolchilar uchun. Lamin Yamal va Erling Holand ham turnirni “Debyut” shevroni bilan boshlaydi.

“Meros” va “Oltin shon-sharaf” shevronlariga ega futbolchilar qatorida Xames Rodriges, Harri Keyn, Kilian Mbappe, Tibo Kurtua, Emiliano Martines, Lionel Messi, Luka Modrich, Krishtianu Ronaldu, Manuel Noyer va Yuto Nagatomo bor.

Lionel Messi va Luka Modrich ikki xil shevron bilan maydonga tushadi. Messi Jahon chempionatlaridagi oltinchi, Modrich esa beshinchi ishtiroki munosabati bilan “Meros” shevronini taqadi. Shu bilan birga, har ikki futbolchi avvalgi mundiallarda “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgani uchun “Oltin shon-sharaf” shevronini ham oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing